O‘zbekiston TIV Qirg‘iziston elchixonasiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“29-avgust kuni Toshkent shahridagi Qirg‘iziston Respublikasi elchixonasida 27-avgust kuni Moskva shahridagi yong‘in va Bishkek–O‘sh avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari xotirasiga mamlakatda e’lon qilingan motam kuni munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)