Shveysariya Alplarida vingsyut bilan sakragan italiyalik ekstremal Armin Shmider halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
28 yoshli beysjamper o‘z parvozini Facebook orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilayotgan edi.
“Bugun barcha men bilan uchadi. Lekin siz faqat eshitib turasiz. Men smartfonni cho‘ntagimga solaman”, — dedi u parvoz boshida.
Video boshida vingsyut kiyib olgan ekstremal sakrashga tayyorlanayotgani namoyish etiladi. Keyin shamol, qichqiriq va zarb ovozi eshitiladi.
Parvoz bir daqiqa davom etadi, shundan so‘ng sukunat qo‘ng‘iroqlar va qo‘ylar ovozi bilan buziladi.
Bern politsiyasi 28 yoshli erkakning tanasi topilganini tasdiqladi.
Izoh (0)