Ummon davlati yaqinidagi sohilda Hindistonning ekipaji 11 kishidan iborat yuk kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda, Gulf News’ga tayanib, “Korrespondent” xabar bermoqda.
Ekipajning barcha a’zolari ummonlik baliqchilar tomonidan qutqarib olindi, hech kim jabrlanmadi.
Sharjadan Al-Mukalla portiga yo‘l olayotgan kema 69 ta transport vositasi, oziq-ovqat, shina va motor moylarini olib ketayotgandi. Kema ortiqcha yuk tufayli cho‘kib ketdi.
Izoh (0)