O‘zbekiston milliy terma jamoasining 1-sentabr kunidagi raqibi Suriya Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 0:0 hisobiga imzo chekdi, deb yozdi “Championat.asia”.
Tojikiston termasiga qarshi o‘yin Suriya uchun O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi ko‘zda tutilgandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirga qadar Tojikiston bilan 8 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning teng yarmida zafar quchgan va 3 ta bellashuvni durang bilan yakunlagan. Faqatgina 1 ta uchrashuv boy berilgan. To‘plar nisbatida O‘zbekistonda ikki barobar ustunlik bor — 16:8.
Suriya va O‘zbekiston terma jamoalari esa hozirga qadar faqatgina 1 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, 1996-yilgi Osiyo Kubogida suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan.
O‘zbekiston va Suriya terma jamoalarining JCh—2018 3-saralash raundan o‘rin olgan to‘qnashuvi 1-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)