Afsonaviy futbolchi Diyego Armando Maradona 30 yil deganda noqonuniy tug‘ilgan o‘g‘lini tan oldi, deb yozdi “Olamsport”.
Kichik Maradona 1986-yil otasi “Napoli” klubi safida yulduzli onlarini o‘tkazayotgan bir vaqtda dunyoga kelgan. Uning onasi Kristina Sinagra 1987-yil Italiya matbuotiga o‘g‘lining otasi Maradona ekanini ma’lum qilgandi. Biroq sobiq futbolchi nafaqat o‘g‘lini tan olmagan, balki DNK testidan o‘tish taklifiga ham rozilik bermagan.
Yaqinda ota va o‘g‘il Maradonaning Buenos-Ayresdagi uyida uchrashdi. Maradona farzandini bag‘riga bosib, uni “sen mening o‘g‘limsan” deb kutib oldi.
Ayni vaqtda o‘g‘il sohil futboli bo‘yicha Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Maradonaning qonuniy rafiqasi Klaudio Vilyafanidan ikki nafar qiz farzandi bor: Dalma va Jianinna.
Izoh (0)