Angliyaning G‘arbiy Midlends grafligi politsiyasi Buyuk Britaniya aksilterrorchilik qonunchiligini buzganlikda gumon qilib, besh kishini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hibsga olishlar Markaziy Angliyaning ikki hududida razvedka xizmatlarining ma’lumoti bo‘yicha amalga oshirilgan. 18, 24 va 28 yoshli uch nafar gumonlanuvchi Birmingemda, 32 va 37 yoshli ikki kishi Staffordshir grafligining Stok-on-Trent shahrida hibsga olingan.
Ular teraktlar tayyorlash, shuningdek, terrorchilik faoliyatiga undashda gumon qilinmoqda.
Hibsga olishlar munosabati bilan Birmingemning Li-Benk tumaniga ogohlantiruvchi chora sifatida sapyorlar jamoasi yuborilgan.
Barcha gumonlanuvchilar hozirda G‘arbiy Midlendsda saqlanmoqda.
Izoh (0)