Dunyodagi eng semiz bola deb tan olingan indoneziyalik Ariya Permana yurishni boshlash uchun vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bolaning vazni 230 kilogrammni tashkil etardi. U mustaqil ravishda yurish qobiliyatini yo‘qotib, maktabga bormay qo‘ygan edi. Hozir u 5 kilogramm vazn tashladi va endilikda mashg‘ulotlarda yana qatnashishdan umid qilmoqda.
Mahalliy matbuotning diqqat-e’tibori bois bola ovqatlanishiga jiddiy e’tibor qarata boshladi. U har bir-ikki soatda bir necha daqiqa yuradi, har kuni suzish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, sog‘lom ovqat tanovul qiladi.
Izoh (0)