Finlyandiyaning Lappeyenranta shahri politsiyasi betmobilni olib o‘tayotgan yuk transportini to‘xtatdi. Komikslar qahramoni Betmenning mashinasi Finlyandiyadan Rossiyaga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. U Moskvada kim oshdi savdosiga qo‘yilishi lozim edi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Politsiya vakillarining bildirishicha, qo‘lga olingan mashina Betmen haqidagi filmlarda qo‘llanmagan yagona betmobil bo‘lib chiqdi.
Fantastik superkar Moskvada 27–28-avgust kunlari kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. U 1 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)