Buyuk Britaniyada ikkinchi sinov parvozi chog‘ida dunyodagi eng katta havo kemasi — Airlander 10 zararlandi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
92 metrlik dirijabl va samolyot gibridi telegraf ustuni bilan to‘qnashib ketdi.
Kema Kardingtondagi aerodromdan Bedfordshirga parvoz qilayotgan edi. Uning kabinasi zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Kemani ishlab chiqqan Hybrid Air Vehicles kompaniyasi Twitter orqali voqeada hech kim zarar ko‘rmaganini bildirdi.