Filippinning Palavan orolida istiqomat qiluvchi baliqchi o‘n yil davomida o‘z uyida, to‘shagining ostida dunyodagi eng katta marvaridni saqlab keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Marvaridning vazni 34 kilogramm bo‘lib, u 100 million dollarga baholanmoqda, deb ma’lum qiladi ABS-CBN portali.
Baliqchi uni 2006-yilda kuchli dovuldan so‘ng topib olgan edi. Marvarid langarga ilinib qolgan edi. Langar ko‘tarilmaganidan shubhalangan baliqchi suv ostiga sho‘ng‘ib, marvaridni topib chiqdi.
Yaqin-yaqingacha baliqchi marvarid necha pul turishini aniqlashga hech qanday qiziqish bildirmadi. Ammo u yong‘in tufayli uyini tark etishga majbur bo‘ldi, o‘sha paytda u xazinani Puerto-Prinsessa shahri turizm idorasiga xodimiga ko‘rsatdi.
“Puerto-Prinsessa” nomini olgan marvarid yaqinda keng jamoatchilikka namoyish etiladi. Shahar ma’muriyati ko‘proq turistlarni jalb qilish maqsadida uni shaharda qoldirishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)