Andijon temir yo‘l vokzalining yangi binosi ochilishi bir paytning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lovchilar miqdorini 50 nafardan 350 nafarga yetkazish imkonini berdi. Bu haqda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Vokzal hududida alohida ma’muriy bino va kassa zali qad ko‘tardi. Vokzal ishchilarining kun davomida ishlashi uchun sharoitlar yaratildi. Ma’lumotnoma xizmati yo‘lovchilarga axborot yetkazish uchun yangi uskunalar bilan ta’minlandi.
Vokzal infrastrukturasini mehmonxona, valyuta ayirboshlash punkti, yuk saqlash zali, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti to‘ldirib turadi.
Vokzal atrofidagi hududda dekorativ o‘rindiqlar, shuningdek, daraxt va butalar o‘rnatildi, yashil zona bunyod etildi, fontan qurildi. Vokzal yonida katta avtoturargoh mavjud.
Izoh (0)