Suriyada surati “urush timsoli” nomini olgan Omran Daknishning 10 yashar akasi Ali Daknish Alepponing bombardimon qilinishi oqibatida olingan jarohatlardan so‘ng halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Alida ichki qon ketishi kuzatildi, uning organlari jiddiy shikastlangandi.
Aleppoga qaratilgan aviahujum oqibatida yuzi chang va qonga belangan 5 yoshli Omran Daknishning surati OAVda 18-avgust kuni paydo bo‘ldi. Bolakay Aleppodagi Al-Kvaterji hududida vayron qilingan bino ichidan qutqarib olindi va shifoxonaga yotqizildi.
G‘arb mediasining ma’lum qilishicha, aviahujum yo Rossiya, yo Suriya aviatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan. The Daily Telegraph gazetasi bombardimon aynan Rossiya samolyotlari tomonidan amalga oshirilganini qayd etmoqda.Rossiya Mudofaa vazirligi Aleppoda bo‘lib o‘tgan bombardimonga aloqasi yo‘q ekanini ma’lum qildi.
Izoh (0)