Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Navro‘zov musobaqadagi ishtirokini 1/8 finaldan boshladi.
65 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada uning birinchi raqibi kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Bahrayn sportchisi Adam Batirov edi.
Kurash asosiy vaqtda 7:7 hisobi bilan o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa reglamentidan kelib chiqib, so‘nggi ballni o‘zbekistonlik sportchi olgani uchun ham u ishtirokini chorak finalda davom ettiradigan bo‘ldi.
Izoh (0)