Butunjahon aksildoping agentligining (WADA) Richard Maklaren rahbarligidagi mustaqil komissiyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga Rossiya sportidagi doping masalasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv haqida batafsil ma’lumot taqdim etishdan bosh tortdi. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida XOQ prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz WADA mustaqil komissiyasidan batafsilroq axborot taqdim etishni so‘ragan edik, ammo Maklaren hali vaqt kelmagani bois bu ishni qilmasligini aytdi”, — dedi Bax.
Mustaqil komissiya 18-iyul kuni 2014-yilgi Olimpiya o‘yinlarida yo‘l qo‘yilgan doping qoidabuzarliklari haqidagi hisobotni taqdim etgan edi.
Izoh (0)