Polshalik disk uloqtiruvchi Petr Malaxovski xayrli ish uchun Rio-de-Janeyro Olimpiadasida qo‘lga kiritgan kumush medalini sotishga qaror qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Petr Braziliyada yutib olingan medalni kim oshdi savdosiga qo‘ymoqchi. Undan olingan mablag‘ ko‘zning to‘r pardasi o‘simtasiga chalingan bolaning muolajasiga sarflanadi.
Medalni sportchi davolanishning ushbu bosqichida zarur bo‘lgan 6,6 ming yevroga sotishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)