AQSh prezidentligi lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton amerikalik saylovchilar o‘rtasida mashhurligi bo‘yicha respublikachilardan nomzod milliarder Donald Trampdan ustunligini oshirdi. Bu haqda Reuters Ipsos xalqaro ijtimoiy markaz tomonidan 19-avgust, juma kuni chop etilgan yangi umummilliy so‘rov natijalariga tayanib ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
14—18-avgust kunlari davomida olingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Klinton uchun noyabrdagi saylovlarda so‘rovda qatnashganlarning 42 foizi ovoz berishga tayyor. Trampni esa ularning 34 foizi qo‘llab-quvvatlash niyatida.
Shu tariqa sobiq davlat kotibi milliarderdan 8 foizga o‘zib ketdi.
Reuters va Ipsos’ning o‘tgan hafta oxirida keltirgan ma’lumotlarida nomzodlar o‘rtasidagi farq kamroq edi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 35 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan bo‘lsa, Klinton uchun ularning 41 foizi ovoz berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)