Ispaniya Superkubogining har ikki uchrashuvida “Sevilya”ni mag‘lub etgan “Barselona” himoyachilari javob o‘yini vaqtida o‘zaro garov o‘ynadi.
O‘yinning 31-daqiqasiga kelib bosh hakam “Barselona” darvozasi tomon penalti tayin qildi. Mana shu vaqtda Xordi Alba o‘zi kabi o‘yinni zaxiradan kuzatib borayotgan Jerar Pikega garov taklif qildi hamda darvozabon Bravoning penaltini qaytarib yuborishi uchun 20 yevro tikdi.
Pike bunga rozi bo‘ldi va vaziyatni kuzatib turdi. Iborra tomonidan berilgan zarbani Klaudio Bravo qaytarib yubordi hamda Alba Shakiraning turmush o‘rtog‘idan 20 yevro yutib oldi.
Izoh (0)