YouTube’ning XEETECHCARE kanali muallifi (Zaryab Xan) yangi Samsung Galaxy Note 7 smartfonining mustahkamligini juda g‘alati usul — himoya oynasiga bolg‘a bilan urish yordamida sinab ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Samsung Galaxy Note 7 2-avgust kuni taqdim etildi. Yangi flagman Gorilla Glass 5 avlodi oynasi qo‘llanilgan birinchi qurilma bo‘ldi. Shuning uchun Galaxy Note 7 Galaxy S7 va S7 Edge’ga qaraganda shikastlanishlarga chidamliroq va mustahkamroq bo‘lishi kerak.
Video muallifi sinovidan smartfonning eng zaif qismlari qayrilma yonlari va barmoq izi skaneri atrofidagi hudud ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biroq Zaryabning ta’kidlashicha, panelning orqa va yuz qismining asosiy qismiga bolg‘a yordamida katta kuch ishlatibgina zarar yetkazish mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=z42Q1LNvn_4
Izoh (0)