Matbuotda paydo bo‘lgan xitoylik homilador ayol 17 oydan buyon farzandi tug‘ilishini kutayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda ayol yotgan tug‘ruqxona vakillariga asoslangan holda mahalliy axborot kanallari orqali ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Ilgariroq Xitoyning Xunan provinsiyasida Van Shi ismli ayol 17 oydan buyon farzandining dunyoga kelishini kutayotgani xabar qilingan edi. Ammo bu boradagi xabarlar tasdiqlanmadi.
“Biz tahlil natijalarini oldik — mijoz homiladorlikning taxminan 38-haftasida”, — dedi uni tekshirgan doktor. Uning ta’kidlashicha, ayol homiladorlikning 17-oyida ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)