Afg‘onistonning Kunar viloyatidagi Asadobod shahrida minomyotdan o‘qqa tutilgan 50 kishi yaralandi, uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea ma’muriyat binosi oldida mustaqillik bayramining nishonlanishi chog‘ida sodir bo‘ldi.
Halok bo‘lganlar orasida ikki bola bor.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizildi. Qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)