Toshkent shahar hokimligi shaharning ba’zi ko‘chalarida harakatning cheklanishi va ayrim qismlarining yopilishi bilan bog‘liq noqulayliklar uchun shahar aholisidan uzr so‘radi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bunda gap Toshkent shahrida yangi transport halqasini shakllantirayotgan Nurafshon ko‘chasining davomi va Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab yo‘l o‘tkazgich qurilishi haqida ham ketmoqda.
Xabar berishlaricha, 22-avgustdan Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlari o‘z yakuniga yetadi va cheklovlar olib tashlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)