Hindistonning Bixar shtatida qalbaki alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan 12 kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda, The Times of India gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qalbaki alkogol qurbonlarining bari Gopalganj okrug shifoxonasiga yotqizilgan edi.
Shu yilning bahor oylarida Bixar shtatida spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish, sotish va iste’mol qilish butunlay taqiqlandi. Bunga qadar bu kabi qonun Kerala, Gujorat va Nagalend shtatlarida joriy etilgan edi. Shundan buyon shtatda spirtli ichimliklarni noqonuniy tarqatish bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda.
Izoh (0)