Forbes jurnali o‘z faoliyati orqali eng ko‘p pul ishlab topadigan dijeylar reytingini tuzdi, deb yozadi TJournal. Unda shotlandiyalik Kelvin Xarris yetakchilik qildi, to‘rtinchi o‘rinda esa asli saratovlik dijey joylashdi.
Kelvin Xarris bir yilda ishlab topgan mablag‘, hisob-kitoblarga ko‘ra, 63 million dollarni tashkil etdi. Dijey, jurnal ma’lumotlari bo‘yicha, har bitta konsertidan 400 ming dollar foyda ko‘radi.
Ikkinchi o‘rinni asli gollandiyalik dijey Tiyesto (38 million dollar), uchinchi o‘rinni esa fransiyalik Devid Getta (28 million dollar) egalladi. To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarda asli saratovlik Zedd (asl ismi Anton Zaslavskiy, 24,5 million dollar) va amerikalik Stiv Aoki (23,5 million dollar) joylashdi.
Forbes reytingida dunyoning eng boy dijeylari ro‘yxatiga birinchi marta kirgan debyutantlar ham uchraydi (reyting 2012-yildan buyon tuzib kelinadi), ulardan biri Gretsiya-Belgiya dueti Dmitriy Vegas va Layk Maykdir.
Izoh (0)