Rossiyaning Volgograd shahrida istiqomat qiluvchi shifokor ayol bir necha oy mobaynida 87 yoshida qazo qilgan erini muqaddas suv yordamida tiriltirishga urindi. Bu haqda 16-avgust kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi Volgograd Markaziy tuman bo‘limi rahbari Milena Fransuzova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2015-yilda ayolning eri yiqilib, oyog‘i lat yegan. Erkak asosan to‘shakda yotib, kam harakat qilgan. Oxirgi marta qo‘shnilar uni shu yilning aprelida to‘shakda ko‘rgan edi.
12-avgust kuni keksa juftlikka qo‘shni uyda suv toshib ketgan. Shu tufayli qo‘shnilar nafaqaxo‘rlarning uyiga kirib, erkak o‘lib yotganini ko‘rgan.
Ayol noan’anaviy tibbiyotga qiziqishini va shu tufayli erini muqaddas suv bilan tiriltirishga uringanini aytgan. Bolalariga esa uyga kelmaslikni tayinlagan.
Ayni paytda voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)