Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin ishdan haydalgan Turkish Airlines aviakompaniyasi sobiq top-menejeri Koskun Qilich sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, deb yozadi “RBK” Bloomberg’ga tayanib.

Foto: “Planespotters.net”

Foto: “Planespotters.net”

Qilichning fikricha, uni “mutlaqo adolatsiz tarzda” ishdan bo‘shatishgan va u milliy aviakompaniya uni qaytadan ishga qabul qilishini yoki unga tovon puli to‘lashini talab qilmoqda. U, shuningdek, aviatashuvchi uning ishdan haydalishi xodimlarni ommaviy “tozalash” bilan bog‘liq bo‘lmaganini tasdiqlashini istayapti.

“Turkish Airlines bizni sabablarni ochiqlamasdan ishdan haydashi obro‘mizga zarar yetkazadi, chunki biz xuddi terrorchilik tashkilotiga aloqadordek tasavvur paydo bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritdi Qilich.

Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, mamlakatda 81 mingdan ortiq kishi ishdan bo‘shatildi yoki chetlatildi. Ular orasida sudyalar, askarlar va davlat xizmatchilari bor. 11-avgust kuni esa Turkiyada ta’lim sohasidagi 27 mingdan ziyod kishi ishdan chetlatildi. Bularning barchasi Anqara isyon “ilhomchisi” deb hisoblaydigan Fatxulla Gyulen tarafdorlaridan xalos bo‘lish maqsadida amalga oshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)