Afg‘oniston qurolli kuchlari oxirgi sutka mobaynida 82 jangarini o‘ldirdi, 64 nafarini yaraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jumladan, Paktiya viloyatida o‘tkazilgan operatsiyada “Tolibon” harakatining 36 jangarisi yo‘q qilindi, 24 nafari yaralandi.
Bog‘lon viloyatida yana 32 terrorchi o‘ldirilib, 20 nafari jarohat oldi.
Bundan tashqari, mamlakatning janubiy va shimoliy viloyatlarida 14 jangari yo‘q qilindi, 20 jangari yaralandi.
Izoh (0)