Tailand janubida joylashgan Yala provinsiyasida 15-avgustga o‘tar kechasi uchta portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Portlovchi qurilma zargarlik va idora ashyolari do‘konlari, shuningdek, gazeta kioskasiga joylashtirilgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, yana ikkita portlovchi qurilma topilib, zararsizlantirilgan.
Politsiya bombalar hududda amal qiluvchi ayirmachilar tomonidan joylashtirilgan deb hisoblamoqda.
Tailandda 11—12-avgust kunlari 13 ta portlash yuz berdi. Hujumlar oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan, 35 kishi yaralangan. Jabrlanganlar orasida Yevropa mamlakatlaridan kelgan o‘n nafar sayyoh ham bor.
Izoh (0)