15-avgust, dushanbaga o‘tar tunda Peruda ro‘y bergan zilzilada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, mahalliy La República gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jabrlanganlar soni 40 kishini tashkil qilmoqda.
5,4 magnitudali zilzila epitsentri Arekipa shahridan 88,2 kilometr shimolda joylashgan edi. Tabiiy ofat 10 kilometr chuqurdan o‘tdi.
Zilzila keltirib chiqargan ko‘chki oqibatida 50 ta atrofida uylar qulab, yo‘llar yopilib qoldi. Ayni paytda fuqarolar mudofaa otryadlari boshpanasiz qolgan odamlarga yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)