IShID guruhiga qarshi operatsiyalar doirasida Iroq harbiy xizmatchilari Mosul janubida 60 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda, EFE agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Mosuldan 50 kilometr naridagi ikki aholi punkti harbiylar qo‘liga o‘tdi.
Ilgariroq Iroq armiyasi Mosul yaqinidagi to‘rt aholi punktini ozod qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)