Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi yuzasidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Eshituvda O‘zbekistonning umumjahon geodeziya tarmog‘iga kirish imkoniyatini yaratadigan, milliy manfaatlardan kelib chiqadigan yangi davlat geodezik yo‘ldoshli tarmog‘ini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amaldagi qonunning ayrim normalari geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni tashkil etish, boshqarish va rivojlantirishning zamonaviy talablaridan orqada qolayotganligi, uni takomillashtirish zarurligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Eshituv yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Izoh (0)