Ispaniyaning “Barselona” jamoasi norasmiy Joan Gamper Kubogi uchun bahsda Italiyaning o‘rtamiyona “Sampdoriya” klubiga qarshi bahs olib bordi. “Kamp Nou” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda kataloniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
O‘yin qahramoni Lionel Messi bo‘ldi. 16-daqiqada Luis Suares tomonidan kiritilgan golga argentinalik hujumchi assistentlik qilgan bo‘lsa, 21 va 34-daqiqalarda Messining o‘zi to‘p kiritib, dubl qayd etdi. 29 yoshli forvard gollardan birini jarima zarbasidan kiritdi.
“Sampdoriya” safida Muryel va Budimir bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Barselona” (Ispaniya) – “Sampdoriya” (Italiya) – 3:2
Gollar: Suares, 16 (1:0); Messi, 21 (2:0); Muryel, 23 (2:1); Messi, 34 (3:1); Budimir, 78 (3:2).
Izoh (0)