Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiya hukumati Sitsiliya orolidagi Korleone va Kalabriya viloyatidagi Tropeya shaharlari meriyalarini tarqatib yubordi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu haqdagi taklif ichki ishlar vaziri Anjelino Alfano tomonidan kiritilgan edi. Vazirlik qarori mafiyaga qarshi kurash bo‘yicha Italiya milliy prokuraturasi hisoboti asosida qabul qilingan.

Bahordagi tergov-surishtiruv harakatlari davomida mafiyaning mahalliy ma’muriyatlar bilan aloqalari fosh etilgan edi.

Korleone Sitsiyaliyaning “Koza nostra” mafiyasi tarixiy markazi hisoblanadi, yaqinda bu yerda mafiya rahnamolaridan sanalgan va qamoqda vafot etgan Bernardo Provensano dafn etilgan edi.

Kalabriyaning janubida joylashgan Tropeya esa bugungi kunda mafiyaning eng qudratli tashkiloti bo‘lgan “Ndrangeta” kelib chiqish joyidir.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda