Buyuk Britaniyaning Karib dengizidagi dengizorti hududi hisoblangan Kayman orollarida Zika virusini ilk bor mahalliy yuqtirib olish holati qayd etildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Virusni yuqtirib olgan erkak uning dastlabki alomatlarini iyul oyining oxirida payqagan. U hozirda virus faol tarqalgan mamlakatlarga sayohat qilmagan.
Kayman orollari uzoq vaqt davomida Zika virusidan ozod hudud bo‘lishga erishganligiga qaramasdan, avvalroq u yerda ham kasallik bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgan edi. Biroq o‘shanda virus boshqa mamlakatlar orqali kirib kelganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Zika virusi birinchi marta 1947-yilda Ugandada aniqlangan.
Izoh (0)