Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlari mamlakat janubida joylashgan Hilmand viloyatidagi ekstremistlar pozitsiyasiga hujum qilib, “Tolibon” harakatining 40 a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Marja va Nava tumanlari chegarasidagi toliblarga qarata 7-avgust, yakshanba kuni aviazarbalar berildi. Hujum oqibatida yana 45 jangari yaralandi.
Izoh (0)