Olimpiadaning erkaklar o‘rtasidagi futbol turnirida 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
Musobaqa mezboni sifatida ishtirok etayotgan Braziliya terma jamoasi 1-turda JAR bilan golsiz durang o‘ynagandi. Neymar yetakchilik qilayotgan jamoa bu safar Osiyoning uchinchi jamoasi Iroq darvozasiga ham gol ura olmadi — 0:0.
2-tur yakuniga ko‘ra “A” guruhidagi to‘rtta o‘yinda faqatgina 1 ta gol urildi. Bu gol Daniya terma jamoasini guruh yetakchisiga aylantirgan.
Gollarga boy bo‘layotgan “B” guruhida Yaponiya terma jamoasi o‘z irodasini namoyish qilib, 2 ta gol farqi bilan ortda borayotgan xolida Kolumbiyaga yetib oldi — 2:2. 1-turda kunchiqar yurt termasini 5:4 hisobida mag‘lub etgan Nigeriya esa Shvetsiya ustidan zafar quchdi — 1:0.
1-turning eng yirik natijasini qayd etib, Fiji darvozasiga javobsiz 8 ta gol urgan Janubiy Koreya terma jamoasi Germaniya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Meksika esa yaqqol autsayder hisoblangan Fijini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. So‘nggi turdagi durang natija koreyaliklarni guruhdan olib chiqadi.
So‘nggi guruhda Portugaliya terma jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Argentina esa Jazoirni qiyinchilik bilan mag‘lub etib, guruhdan chiqish uchun o‘ziga imkoniyat hosil qildi.
2-tur o‘yinlaridan keyin Nigeriya va Portugaliya terma jamoalari chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib qo‘ydi.
Rio—2016. Futbol 2-tur bellashuvlari
“A” guruhi
Daniya — JAR 1:0
Gol: Robert Skov, 69 (0:1).Braziliya — Iroq 0:0
“B” guruhiShvetsiya — Nigeriya 0:1
Gol: Sodiq Umar, 40 (0:1).Yaponiya — Kolumbiya 2:2
Gollar: Teofilo Guterres, 59 (0:1). Xiroki Fudzixaru, 65-avt (0:2). Takuma Asano, 67 (1:2). Syoya Nakadzima, 74 (2:2).“C” guruhi
Fiji — Meksika 1:5
Gollar: Roy Krishna, 11 (1:0). Erik Guterres, 48 (1:1). Erik Guterres, 55 (1:2). Erik Guterres, 58 (1:3). Karlos Salsedo, 67 (1:4). Erik Guterres, 73 (1:5).Germaniya — Janubiy Koreya 3:3
Gollar: Xvan Xi Chan, 25 (0:1). Serj Gnabri, 33 (1:1). Deyvi Zelke, 55 (2:1). Son Xyon Min, 57 (2:2). Suk Yun Jun, 86 (2:3). Serj Gnabri, 90+2 (3:3).“D” guruhi