Rossiyaning Kemerovo viloyatida ichida sakkiz nafar o‘smir futbolchilar ketayotgan mikroavtobus Leninsk-Kuznetsk trassasida halokatga uchradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Avtobusda bo‘lgan sakkiz yosh futbolchilardan biri halok bo‘ldi. Yana bir kishi jiddiy jarohat oldi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, mikroavtobus ketayotganida g‘ildiragi chiqib ketgan, shundan so‘ng u ariqqa tushgan va ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)