Xitoylik pensioner Chen Guanmin hayotidagi uchinchi Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyurish uchun veloaravachada sayohatni amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoyning Szyansu provinsiyasida istiqomat qiluvchi 60 yoshli fermer Olimpiada musobaqalarining haqiqiy muxlisidir. 2008-yilda Pekindagi Olimpiadada u volontyor bo‘lib ishlagan edi. Buning uchun u uyidan poytaxtgacha bo‘lgan 800 kilometr masofani bosib o‘tgan edi.
To‘rt yildan so‘ng Londondagi Olimpiadaga yetib borish uchun 16 ta mamlakatni bosib o‘tib, 60 ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan edi.
Keyingi ikki yil davomida Chen yana Londonga qaytish uchun bir necha mamlakatdan o‘tib, Kanadaga uchib keldi. Shundan so‘ng AQSh va Meksikaga tashrif buyurdi, butun Janubiy Amerika orqali o‘tib Rio-de-Janeyroga yetib keldi. Jami sakkiz yil davomida u 170 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi.
Xitoylik erkak XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga 31-iyul, yakshanba kuni yetib keldi.
Izoh (0)