Hindistonlik qutqaruvchilar mamlakat g‘arbida chorshanba, 3-avgustga o‘tar kechasi yuz bergan ko‘prik o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lgan 13 kishining jasadini topdi. Jami 42 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etildi. Bu haqda fojia yuz bergan Maxarashtra shtati bosh vaziri Devendra Fadnavis ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Suvdan hozircha 13 kishining jasadi chiqarib olindi, ulardan ko‘pchiligi Arab dengizida yuz kilometrdan ortiq masofaga oqizib ketilgan. 42 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda, shuning uchun qidiruv ishlari davom ettiriladi”, — dedi bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 kishining bedarak yo‘qolganligi haqida ma’lum qilingan edi. Kuchli yomg‘ir natijasida suvga to‘lgan Savitri daryosi eski ko‘prikning poydevorini yuvib yuborgan va uning seksiyasi qulagan.
Izoh (0)