Oxirgi kunlarda Sudanning ko‘pchilik viloyatlaridan o‘tgan tropik yomg‘irlar oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Al-Ahram” gazetasining elektron versiyasida xabar qilinishicha, Sudan ichki ishlar vaziri Asmat Abdurrahmon Zayn al-Obidin vazirlar mahkamasida taqdim etgan hisobotda 13 viloyatda jami 76 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Bundan tashqari, yuzlab uylar vayron bo‘lgan.
Yog‘ingarchiliklar davom etsa, Nil daryosi sathi me’yoridan ortiq ko‘tarilishi mumkin, bu esa qirg‘oq bo‘yidagi ko‘plab qishloqlarning suv ostida qolishiga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)