Armaniston bosh prokurori Gevorg Kostanyan iste’foga chiqdi. Bu haqda, bosh prokuror maslahatchisi Kristina Melkonyanning bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Melkonyanning ma’lum qilishicha, mamlakat prezidenti Serj Sargsyan prokurorning iste’fosini qabul qildi. Prezident matbuot kotibi Vladimir Akopyan “Interfaks”ga bergan izohida ushbu axborotni tasdiqladi.
“Prezident devoni sog‘liq bilan bog‘liq muammolarini hal qilib olganidan so‘ng Kostanyan davlat masalalari yechimiga yana hissa qo‘sha olishiga umid qilmoqda”, — dedi u.
Kostanyan bosh prokuraturaga 2013-yil sentabridan rahbarlik qila boshlagan edi.
Izoh (0)