Shimoliy Koreya yaqin o‘n yil ichida Oyga odam uchirishni rejalashtirmoqda, sun’iy yo‘ldoshlarning orbitaga ko‘tarilishi esa bunga tayyorgarlikdir. Bu haqda mamlakat aerokosmik sohani rivojlantirish milliy agentligi rahbari Xen Gvan’il AP’ga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bundan tashqari, rasmiy Pxenyan yaqin vaqt ichida geostatsionar aloqa yo‘ldoshlarini hamda Yer yuzini kuzatish sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqishni ko‘zlamoqda.
“AQSh va uning ittifoqchilari kosmik dasturimizga xalaqit berishga urinayotganiga qaramay, olimlarimiz fazoni zabt etadi va, shubhasiz, KXDR bayrog‘ini Oyga o‘rnatadi”, — Gvan’il.
Izoh (0)