YouTube videoservisida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali ochildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘ylaymizki, TIVning rasmiy veb-sayti hamda Facebook’dagi sahifasi o‘quvchilari endilikda YouTube’dagi kanalimiz orqali mamlakatimiz rahbariyatining tashqi va ichki siyosati, O‘zbekiston va uning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida nafaqat matnli yangiliklar, balki foto va videoma’lumotlar bilan ham yanada yaqindan tanishishlari mumkin”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)