Rossiyalik kosmonavtlar Xalqaro kosmik stansiyasi (XKS) bortida kelajakda Mars va Oyga parvoz qiladiganlar iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan sut-qatiq mahsulotlarini tayyorlaydi. Bu haqda Kosmonavtlarni tayyorlash markazi matbuot xizmati “TASS” agentligiga xabar berdi.
“XKS-49/50 ekspeditsiyasining rossiyalik kosmonavtlari Sergey Rijikov va Andrey Borisenko XKS bortida faol shifobaxsh-profilaktik ‘Probiovit’ probiotik mahsulotini olish tajribasiga tayyorlanmoqda. Tayyorlanadigan sut-qatiq mahsuloti Mars va Oyga uzoq muddatli parvozlarda shtatli probiotik sifatida ishlatilishi taxmin qilinmoqda”, – deyiladi matbuot xizmatida.
Kosmonavtlarni tayyorlash markazining qayd etishicha, tajriba doirasida kosmonavtlar ishlab chiqarish texnologiyasi oddiy va qulay bo‘lgan immunitetni oshiradigan probiotik preparatni tayyorlashi kerak bo‘ladi.
Mazkur tajribani o‘tkazadigan ekipaj sentabr oyida “Soyuz MS-02” kosmik kemasida samoga yo‘l oladi.
Izoh (0)