Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 2016-yilgi mavsumning 2-davra o‘yinlari start oldi va 2-avgust kuni ikkita bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy Liga debyutanti sifatida chempionatni boshlagan Toshkentning “Obod” klubi 1-davrani so‘nggi o‘rinda yakunlagandi. Aleksandr Mochinov jamoasi 2-davrani g‘alaba bilan boshladi.
“Jar” stadionida “Qo‘qon—1912” klubini qabul qilgan “Obod” futbolchilari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 17-daqiqada Otabek Zokirov qo‘qonlik futbolchilarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Doniyor Hasanov muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 59-daqiqada “Obod” to‘purari Shohruz Norxonov jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
G‘alaba Toshkent klubini turnir jadvalida 14-o‘ringa olib chiqdi. No‘mon Hasanov murabbiylik qilayotgan “Qo‘qon—1912” esa so‘nggi — 16-o‘ringa tushib ketdi. Har ikki jamoaning o‘rtasida “Andijon” joylashgan.
2-davra oldidan bir qator haridlarni amalga oshirgan Navoiyning “Qizilqum” klubi 2-davrani g‘alaba bilan boshladi. Muborakda “Mash’al” mehmoni bo‘lgan jamoa Nemanya Yovanovichning 51-daqiqadagi goli evaziga zafar quchdi.
“Qizilqum” hisobida 16-turdan keyin 26 ochko bor va jamoa “Paxtakor”dan 1 ochko kamroq to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda. “Mash’al” 19 ochko bilan 10-o‘rinda.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 16-tur bellashuvlari 2-avgust, seshanba
“Obod” — “Qo‘qon—1912” 2:1
Gollar: Otabek Zokirov, 17 (0:1). Doniyor Hasanov, 40-pen (1:1). Shohruz Norxonov, 59 (2:1).“Mash’al” — “Qizilqum” 0:1
Gol: Nemanya Yovanovich, 51 (0:1).3-avgust, chorshanba
“Andijon” — “Paxtakor”“Sho‘rtan” — “Nasaf”“So‘g‘diyona” — “Metallurg”“Neftchi” — “Bunyodkor”“Olmaliq” — “Buxoro”“Lokomotiv” — “Navbahor”
Izoh (0)