Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-Ligasida 2016/17-yilgi mavsum 30-iyul sanasidan rasman start oldi va 1-avgust kuni 1-tur bellashuvlari to‘liq yakunlandi.
“Sport-ekspress” nashriga ko‘ra, Rossiya klublarining safarda to‘p surganlari tarixda birinchi bor 1 ta turda umuman gol ura olmadi. 1993-yilgi mavsumning 10-turida mehmon jamoalar umumiy 1 dona gol urgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib Rossiya chempionatining 9-turda bu hol takrorlangandi.
2016/17-yilgi mavsumning 1-turidan joy olgan 8 ta bellashuvning 3 tasida 0:0 hisobi qayd etildi va qolgan 5 tasida mezbon klublar quruq seriyali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Krasnodar” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshlab, “Tom” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori 31-daqiqaga kelib maydonga tushirildi va shundan keyin uning jamoadoshlari 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” esa Sankt-Peterburgda “Zenit” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik futbolchi bellashuvda to‘liq harakat qildi.
Rossiya Premer-Ligasi 1-tur bellashuvlari
“Zenit” — “Lokomotiv” 0:0“Anji” — “SSKA” 0:0“Rostov” — “Orenburg” 1:0“Ural” — “Ufa” 2:0“Spartak” — “Arsenal” 4:0“Terek” — “Krilya Sovetov” 1:0“Rubin” — “Amkar” 0:0“Krasnodar” — “Tom” 3:0
Izoh (0)