Rio—2016 Olimpiadasining ochilish marosimi London—2012 va Pekin—2008 Olimpiadalariniki kabi qimmat va keng ko‘lamli bo‘lmaydi. Bu haqda Reuters ochilish marosimining ijrochi prodyuseri Marko Balichning so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Ochilish marosimi 5-avgust kuni “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tadi. “TASS”ning Marko Balichdan iqtibos keltirib aytishicha, bayram Braziliyadagi moliyaviy ahvoldan kelib chiqib tashkil etiladi. London Olimpiadasining ochilish marosimi uchun 42 million AQSh dollari sarf etilgan bo‘lsa, Riodagi olimpiya o‘yinlarining birinchi festivali uchun ajratilgan mablag‘ shuning yarmini tashkil qildi.
“Braziliyadagi holatdan kelib chiqib aytganda, bu dahshatli shou bo‘lmaydi”, — deb aytib o‘tgan Balich. — “Bu yerda Pekindagi kabi hasham, Afinadagi kabi maxsus effektlar, Londondagi kabi texnologiyalardan foydalanilmaydi. Bu juda oddiy, ammo zamonaviy festival bo‘ladi. O‘sha maxsus effektlarsiz ham odamlar Riodagi bayram haqida uzoq eslab yurishadi”.
Izoh (0)