Rio-de-Janeyro shahri rasmiylari Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi paytida xavfsizlikni ta’minlovchi harbiy politsiya xodimlari sonini 30 foizga oshirishga qaror qildi. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa, Olimpiada xavfsizligini ta’minlaydigan harbiy politsiya kontingenti miqdori 14 ming kishiga yetadi.
Birinchi galda Olimpiya bog‘i, Olimpiya qishlog‘i va sport arenalari xavfsizligi kuchaytiriladi.
Umumiy hisobda o‘yinlar xavfsizligini 85 ming kishi ta’minlaydi. Shtat politsiyasidan tashqari, quruqlik kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari va boshqa shtatlar politsiyasi bu ishga jalb qilinadi.
Izoh (0)