AQShda American Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi va uchuvchi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 23 yoshli yigit mast holda bort kuzatuvchilariga tegajog‘lik qilgan. Ulardan birini yo‘lovchi polga itarib yuborgan, yana birining oyog‘iga tepgan. Janjalga uchuvchi aralashib, yo‘lovchiga o‘z joyini egallashni taklif qilgan. Ammo buning o‘rniga yo‘lovchi uchuvchi bilan mushtlashib ketgan.
Yigit qo‘lga olindi. Keyinroq u 25 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi. Unga AQSh fuqarolik aviatsiyasi samolyotlariga o‘tirish taqiqlandi.
Izoh (0)