Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, u boshchilik qilib kelayotgan respublika kuchlarining o‘zi IShID terrorchi guruhini yo‘q qilishga yetarli salohiyatga egadir. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Rossiya qurolli kuchlari Suriyada terrorchilarni dumlarini qisishga majbur qildi. Ularning sanoqli kunlari qoldi! Biz ‘Iblis davlati’ni uning inida yo‘q qilishga qodirmiz. Ko‘ngilli otryadlar hatto mustaqil ravishda ularga tanlash huquqini berishi mumkin: yo qurolni topshirish, yo Suriya zaminida ko‘milganlar qatorida bo‘lish!”, — deb yozdi siyosatchi o‘z sahifasida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)