Suriyaning Aleppo shahridan gumanitar koridorlar orqali 82 nafar jangari va 324 tinch aholi vakili chiqdi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahardan chiqqan tinch aholi vakillari orasida 76 bola ham bor.
Jangarilar qurollarini topshirib, taslim bo‘ldi va ayni paytda amnistiya rasmiyatchiliklaridan o‘tmoqda, deb xabar qildi RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi tezkor bosh boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy.
Ilgariroq mamlakat prezidenti Bashar Asad qurolini topshirib, taslim bo‘ladigan jangarilar uchun amnistiya qarorini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)